Gollandiyaning PSV jamoasi muxlislari «Atletiko» jamoasiga qarshi YeChL doirasidagi uchrashuv arafasida Madriddagi qashshoqlar ustidan tangalar sochib, xursandchilik qilishdi.
Bu holat tasvirlangan videoda bir guruh gollandiyaliklarning shahardagi kafeda o‘tirgan holda atrofdagi qashshoqlarga qarata tangalar uloqtirib, hayqirishayotganini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, videoda ko‘rinishidan ispan bo‘lgan bir kishi ularning harakatidan norozi bo‘lib, ularni to‘xtatishga uringani va ularga qarata bu ish to‘g‘ri emasligini aytayotganini ko‘rish mumkin.