Pokistonda avtobus portlashi oqibatida 15 nafar davlat xizmatchisi halok bo‘ldi

Jahon 11:49 / 16.03.2016 1752

Pokiston shimoli-sharqidagi Peshavor shahrida minalashtirilgan avtobus portlashi oqibatida 15 nafar davlat xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyachilarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, avtobus davlat idoralari xodimlarini shahar atrofidagi hududlardan tuman markaziga ish joylariga olib ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlovchi qurilma avvaldan transport vositasi ichida bo‘lgan.

Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruv xizmatlari vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ish olib borishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: