Obama o‘z rafiqasining tashqi ko‘rinishini yuqori baholashini aytdi

Jamiyat 07:04 / 16.03.2016 1693

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining rafiqasi Mishelning tashqi ko‘rinishini yuqori baholashini aytdi. Obama bu haqda Time jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Obama jurnal bilan qizlar duch keladigan muammolarni muhokama qildi. “Siz ikki qizning otasi bo‘lganingizda ko‘proq narsa sezasiz”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, yosh ayollar o‘z qiyofalari borasida katta bosimni his qiladilar. Obama o‘z qizlari haqida gapirib, qizlari Maliya va Sashaning “ajoyib tashqi ko‘rinishga ega onasi borligini va ularning otasi buni qadrlashini” aytdi. Obamaning aytishicha, bu qizlariga go‘zallik standartlarini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

“Men yosh avlod uchun madaniyat biroz ko‘proq o‘zgaradi, deb hisoblayman. Oq tanli, lotin amerikalik va qora tanli bolalar go‘zallik etaloni sifatida ko‘radigan narsalar mening yoshligimdagidan anchagina kengroqdir”, deb qo‘shimcha qildi Obama.

 

Ko‘proq yangiliklar: