Nijyegorodsk viloyatida yosh oila sotib olgan kvartirada ayol jasadi topildi

Jamiyat 00:06 / 16.03.2016 1046

Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatidagi Viksa shahrida yosh oila sotib olgan kvartirada ayol jasadi topildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Ta'kidlanishicha, uy oldi-sotdisi bitimi tuzilayotganda sotuvchi ham, xaridor esa umuman kvartiradagi xonalardan biridagi shkafda ayol jasadi berkitilganini bilishmagan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kvartira ayolga tegishli bo‘lgan, biroq unda uning ukasi yashagan.
Kechalardan birida kvartirada uning do‘stlari yig‘ilgan. Ulfatchilik vaqtida mehmonlar orasida janjal chiqqan, uning hal qilinishi oqibatida esa ayol o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, deb aniqlik kiritmoqda nashr.

Ayolning jasadini uyning avvalgi egasi uy kalitini yangi egalariga topshirishdan oldin tozalayotganda topib oldi. Jasad sholchaga o‘ralib, shkafga berkitilgan bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 7 martda qotillikda gumon qilinayotganga nisbatan uni hibsga olish chorasi qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: