Nigeriyada masjidda amalga oshirilgan terakt tufayli 22 kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:35 / 16.03.2016 953

Nigeriyaning Maydaguri shahrida joylashgan masjidlardan birida portlash yuz berishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, portlash terrorchi-hudkush tomonidan sodir etilgan.

Fevral oyi o‘rtasida Nigeriya shimolidagi Borno shtati markazi bo‘lmish Maydaguridan 85 km masofadagi qochqinlar lagerida portlash yuz berib, 60dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: