Italiyaning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri YeChL 1/8 final doirasidagi «Bavariya»ga qarshi uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz «Bavariya»ga qarshi o‘yinda hisob o‘ylamasdan maydonga chiqishimiz kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda yaxshi futbol namoyish etishimiz kerak, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz.
«Bavariya» 70 foiz vaqtda to‘pni o‘z nazorati ostida ushlab turadi. Bu ularning ustunligi, ammo ularning ham ojiz tomonilari bor. Birinchi uchrashuvda bu kamchiliklardan unumli foydalana olishimizni ko‘rsata oldik.
Dibalada mushaklari bilan bog‘liq muammosi bor. Shuning uchun uni maydonga tushirib tavakkal qila olmayman. Chunki birgina tavakkal bilan uni mavsumning qolgan o‘yinlaridan mahrum qilib qo‘yish mumkin. Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar ichida bizga o‘ziga xos ustunlik berishi tayin. Jarohatlar klubning falokati degan gaplarni eshitib qolaman. Falokat hayotda sodir bo‘ladigan butunlay boshqa narsa. Albatta bizga yordam bera olmayotgan futbolchilar uchun afsusdamiz, biroq bizda kuchli tarkib bor va faqatgina 2-3 nafar futbolchi bu o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
«Bavariya» «Real» va «Barselona» kabi dunyoning eng kuchli jamoalari safiga kiradi. Shunday ekan biz maydonga chiqib birinchi navbatda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Bizni g‘alaba yoki 3:3 hisobidagi durang natija qoniqtiradi», – deya ta'kidladi Allegri.