Kaliforniyaning Sacramento Kings basketbol klubi Kaiser Permanente xayriya tashkiloti bilan basketbol uchrashuvida hali yurishni bilmaydigan go‘daklar orasida emaklash bo‘yicha musobaqa tashkil qildi. Poygada yetakchi bo‘layotgan bolakay marraga yetib kela olmadi, chunki yo‘lning yarmida charchab, dam olish uchun yotib olgan, deb yozmoqda Mashable portali.
Bu holat olingan kadrlarda emaklash bo‘yicha poygada yetakchilik qilayotgan Lendon ismli bolakay o‘zining asosiy raqibi Jemma ismli qizchaga ustunlikni boy berib qo‘ygani tasvirlangan. Poyganing qolgan ishtirokchilari hattoki joylaridan ham jilishmagan.
Qizig‘i, o‘tgan yildagi poygada ham qiz bola yutgan.