Hillari Klinton Florida va Ogayo shtatlarida yetakchilik qilmoqda

Jahon 12:03 / 16.03.2016 1539

AQSh prezidentligiga da'vogar, demokrat Hillari Klinton Florida shtatidagi saylovlarda shu partiyadan nomzod raqibi Berni Sandersdan o‘zib ketdi.

15 mart kuni Amerikaning nufuzli ommaviy axborot vositalari, jumladan, Associated Press, CNN va boshqa yirik telekompaniyalari shunday ma'lumotni e'lon qilishdi, deb xabar beradi TASS.

Ushbu OAV saylov uchastkalaridan chiqayotgan fuqarolarni so‘rov qilish orqali shunday xulosaga keladilar.

75 foiz byulletenlar hisobidan ko‘rindiki, sobiq davlat kotibi 65 foiz ovoz to‘plab Floridada yetakchilik qilmoqda, vermontlik  senator esa 32 foiz ovoz to‘plagan, xolos.

Bu shtatda Klinton va Sanders s'yezdning 246 delegatlari ovozlari uchun kurashmoqdalar.

3 foiz byulletenlar hisobiga ko‘ra, Klinton Ogayo shtatida ham 66 foiz ovoz to‘plab, o‘zining raqibi 33 foiz ovoz to‘plagan Sanders ustidan g‘alaba qozondi. Bu shtatda ular s'yezdning 182 delegati ovozlari uchun bellashmoqdalar.

Illinoys shtatida esa raqiblar deyarli tengma-teng ketmoqdalar. 64 foiz byulletenlar xulosasiga ko‘ra, Klinton 51,8 foiz ovoz (644 ming kishi), uning raqibi esa 47,4 foiz (589 ming kishi) to‘plaganlar.  Ya'ni ovozlar o‘rtasidagi farq 3 foizdan ko‘p emas.

Klinton Shimoliy Korolina shtatida ham raqibidan o‘zib ketgan.

Missuri shtatida esa Sanders yetakchilik qilmoqda.

Demokratlar 15 mart kuni beshta shtat – Illinoys, Missuri, Ogayo, Shimoliy Karolina va Floridada praymeriz o‘tkazdilar. Uning yakunlariga ko‘ra, milliy s'yezdning 792 nafar delegati AQSh prezidentliga nomzodlarning qaysi birini qo‘llab-quvvatlashlari oydinlashadi.

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyaning rasmiy nomzodi maqomiga erishish uchun talabgorni  25-28 iyul kunlari Filadelfiya (Pensilvaniya shtati)da bo‘lib o‘tadigan milliy partiya s'yezdida 4764 ishtirokchidan iborat 2323 delegat qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: