Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktni butun Turkiya va uning fuqarolariga qilingan hujum deb aytdi.
13 mart kechki payt Anqara markazida, mamlakat bosh vaziri idoralaridan biri yonida avtobus bekatida odam gavjum bo‘lgan vaqtda, ikkita avtobus orasida bo‘lgan minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, 125 kishi jarohat olgan, ulardan 50 ga yaqini shifoxonalarda qolmoqda.
“Qonli terakt butun Turkiya, uning 79 mln fuqarosiga qaratilgan bo‘lgan. Bu hujum bilan terrorchilik tashkiloti yana bir bor o‘zining razil yuzini ko‘rsatdi. Hujumdan maqsad xalqimiz orasida qo‘rquv uyg‘otish, Turkiyani o‘z qarashlaridan voz kechishga majburlashdan iborat edi. Biroq ular bunga hech qachon erisha olmaydilar. Terrorni qurol sifatida ishlatadiganlar hech qachon Turkiyani tiz cho‘kishga majburlay olmaydi. Aksincha, ularning o‘zi tiz cho‘kadi”, deb aytdi Erdo‘g‘an o‘zining ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanda.
Ilhom Aliyev hozirda Anqarada tashrif bilan qolmoqda.
Erdo‘g‘an Aliyevni Turkiyaga terakt bilan bog‘liq ko‘rsatilgan hamjihatligi va qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi.