YeChL. «Atletiko» penaltilar seriyasida «PSV»ni yengib chorak finalga chiqdi

Sport 08:50 / 16.03.2016 1649

Yevropa chempionalar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Atletiko" - "PSV" to‘qnashuvi taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

Gollandiyada 2 hafta oldin o‘tkazilgan birinchi o‘yinda hisob ochilmagandi. Madriddagi uchrashuvda ham darvozani ishg‘ol qilish uchun jamoalarga 120 daqiqa kamlik qildi.

Penaltilar seriyasida esa tomonlar 8 martadan zarba ijro etishdi. "PSV"ning sakkizinchi zarbasida to‘p to‘singa tegdi. Bu vaziyatda jamoa yarim himoyachisi Lusiano Narsinh xato qildi. Madridliklar esa barcha zarbalarni golga aylantirib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o‘yini
Atletiko (Ispaniya) – PSV (Gollandiya) 0:0. Penaltilar bo‘yicha - 8:7.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin (Lyuka Ernandes, 89), Koke, Saul, Ferreyra Karrasko (Kranevitter, 75), Gabi, Grizmann, Fernandes (Torres, 56).
PSV – Zut, Bruma, Izima-Miren, Moreno, Guardado, van Ginkel, Propper, Aryas, Villems (Brenet, 75), de Yong (Narsinx, 118), Lokadiya (Lestenn, 87).
Ogohlantirishlar: Lokadiya (30), de Yong (66), Guardado (120), van Ginkel (120).
Birinchi o‘yin – 0:0.

Ko‘proq yangiliklar: