BMT “Katta dubulg‘a” musobaqalarining 5 karra g‘olibi, taqiqlangan modda – mildronatni qabul qilishda fosh qilingan rossiyalik tennischi Mariya Sharapova bilan hamkorlik qilishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda tashkilot vakiliga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri.
“BMT Mariya Sharapovaga qo‘llab-quvvatlovi va tashkilotimiz bilan hamkorligi, ayniqsa Chernobil falokati oqibatlari bilan kurashish masalasidagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Shunga qaramasdan, biz uning BMTning ko‘ngilli vakili sifatidagi faoliyatini tergov yakunlanguncha to‘xtatishga qaror qildik”, deb aytdi BMT vakili.
Mildronat moddasi 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan modda hisoblanadi. Sharapova 7 martda matbuot-anjumanida undan Avstraliya ochiq chempionatida olingan doping-namunasi bu modda borligiga ijobiy natija berganini ma'lum qilgan. Sharapova VADAning maktubini ko‘rgani, biroq uni o‘qimaganini aytgan. 2 martda tennischiga taqiqlangan moddani qabul qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, shundan keyin u musobaqalarda ishtirok etishdan vaqtinchalik chetlatilgan. Ushbu ish bo‘yicha dastlabki tinglovlar 23 martga belgilandi.