Benzema Fransiya bosh vazirining tanqidiga javob qaytardi

Sport 15:02 / 16.03.2016 1590

Ispaniyaning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema oldinroq uni Fransiya terma jamoasiga munosib deb bilmagan mamlakat bosh vaziri Manuel Valsga javob qaytardi.

«Professional futboldagi 12ta mavsum davomida 541 uchrashuv o‘tkazib, birorta ham qizil kartochka olmaganman. Faqatgina 11 sariq kartochka bor. Men shu natijalarim bilan ham namuna bo‘la olmaymanmi?» — deb yozgan Benzema o‘z tvitterida.

Oldinroq Vals: «Mashhur sportchi yoshlar uchun namuna bo‘lishi kerak. Men federatsiya prezidenti ham, bosh murabbiy ham emasman. Ular kim terma jamoada o‘ynashini hal qilishadi. Ammo shaxsan menga qolsa Benzemani termaga qaytarishni to‘g‘ri ish deb hisoblamagan bo‘lardim», deya ta'kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada sud Benzemaga Fransiya termasiga qaytish va Mate Valbuena bilan bemalol suhbatlashishiga ruxsat bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: