«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger YeChLning nimchorak finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Barselona» jamoasidagi sehrgarlar bizdan yaxshi himoyalanishni talab qilishadi. Birinchi o‘yindagi harakatlarimiz ham yomon bo‘lmagandi, lekin biz o‘yin oxirida balansni yo‘qotdik va xatolarimiz uchun to‘ladik.
Hozir biz shunday vaziyatdamizki, hisob-kitob bilan shug‘ullanishning o‘rni emas. Biz hujumda o‘ynashimiz va gollar urishimiz kerakligini bilamiz.
Biz tushkunlik davrini boshdan kechirdik. Endi kuchli va xotirjam bo‘lib qolish muhim. Biz ko‘p marta xalqaro o‘yinlarda safarda g‘alabalar qilganmiz, ammo hali Kataloniyadan g‘alaba bilan qaytmaganmiz. Futbolchilar birlashib, o‘yinda yaxshi harakat qilish uchun tayyorlanishmoqda», – deydi Venger.
Jamoalarning 2 hafta oldin Londonda o‘tkazilgan uchrashuvida 2:0 hisobida kataloniyaliklar g‘alaba qilishgandi. Javob o‘yini 17 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.