Amerikalik milliarder o‘z itini klonlashtirish uchun katta mablag‘ sarfladi

Jamiyat 11:37 / 16.03.2016 1265

Amerikalik mediamagnat Barri Diller o‘zining sevimli jyek-rassel-terer zotidagi itini klonlashtirish uchun anchagina mablag‘ sarfladi. Bu haqda Page Six nashri xabar bermoqda.

AQShning InterActiveCorp internet-kompaniyasi direktorlar kengashining raisi 74 yoshli Diller o‘zining iti Shennonga shunchalik bog‘lanib qolganki, u itining birga-bir nusxasi bo‘lgan ikkita kuchuk bolani yaratish uchun 100 ming dollar sarfladi.

Page Six’ning ta'kidlashicha, Shennon o‘z egasining taniqligi sababli oddiy it bo‘lmagan. U bilan ko‘plab mashhur odamlar, jumladan Shirli Makleyn, Dayana Ross va Joan Kollinz tanish bo‘lganlar.

Milliarder vakili itning Janubiy Koreyadagi firmada klonlashtirilishi haqidagi xabarni tasdiqladi, biroq itning o‘zi tirikligi borasida hech narsa aytmadi.

Xuddi shu tariqa Mini-Vinni laqabli taksa iti ham klonlashtirilgandi va 2014 yilda o‘zining kloni bilan uchrashtirilgandi.

O‘shanda mutaxassislar Mini-Vinni egalari qimmatbaho jarayonning natijasidan ko‘ngillari to‘lmasligini, chunki itni tarbiyalashga ham katta narsa bog‘liqligini ta'kidlashgandi, buni esa aniq aynan nusxalashgtirib bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: