Amazon selfi yordamida to‘lovni tasdiqlashga patent olishga ariza topshirdi

Fan-texnika 07:19 / 16.03.2016 2017

AQShning Amazon kompaniyasi selfi yordamida xaridni tasdiqlashga patent olishga ariza topshirdi. Bu haqda Re/Code nashri ma'lum qildi.

Ariza matniga ko‘ra, internet-maydoncha xaridorlari o‘z xaridlari uchun to‘lovni selfi yoki video yordamida tasdiqlashlari mumkin bo‘ladi.

Tizim mijozning suratini to‘lovni tekshirish tizimidagi surat bilan taqqoslaydi. Amazon rahbariyatining fikricha, foydalanuvchilarning istalgan parollarini xakerlar o‘g‘irlashi mumkin, yuzni tanish tizimi esa zarur kafolatlarni beradi.

Bundan tashqari, yangi tasdiqlash tizimi nafaqat foto yoki video, balki foydalanuvchining kameraga muayyan imo-ishoralarni ko‘rsatishini talab qiladi, misol uchun, foydalanuvchidan jilmayishni yoki ko‘z qisishini so‘raydi. Ta'kidlanishicha, bu  suratdagi odam haqiqatda tirikligini va bu fotosurat emasligini bilish uchun kerak bo‘ladi. Tizim shundan keyingina tranzaksiyani yakuniga yetkazadi

Ko‘proq yangiliklar: