79 yil avvalgi Bugatti 10 million dollarga sotildi

Fan-texnika 09:02 / 16.03.2016 2018

Mart oyining o‘rtasida Floridaning Ameliya-Aylend orolida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 1937 yil namunasi bo‘lgan Bugatti 57SC Sports Tourer sportkari sotuvga qo‘yildi. Avtomobil 9.73 million dollarga sotilgan.

Kimoshdi uyi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur mashina nafaqat auksionda eng qimmatga sotilgan Bugatti 57S, balki Ameliya-Aylendda savdoga qo‘yilgan eng qimmatbaho urush davri avtomobili sanaladi. Namunaning boshlang‘ich narxi 6 million dollarni tashkil etgan. Sportkarning yangi sohibi ismi oshkor etilmagan amerikalik xususiy kolleksiyachi bo‘ldi.

Sotib yuborilgan Bugatti 57SC Sports Tourer 1937 yilda yangi holatda Nyu-Yorkka keltirilgan. Bir yildan so‘ng, Londondagi motorshouda namoyish etilgan. Avtomobilda 200 ot kuchi quvvatli 3.3 litrli sakkiz silindrli motor joylashgan. Sportkar barcha g‘ildiraklarida to‘rt pog‘onali mexanik uzatgich qutisi va gidravlik do‘mbira tormoz mexanizmiga ega.

Ko‘proq yangiliklar: