Britaniya yovvoyi tabiat parkida istiqomat qiluvchi qizil panda “ma'nodor” yuz ifodalari bilan internet yulduziga aylandi.
Bambuk barglarini iste'mol qilish chog‘ida yuzini g‘aroyib bujmaytirib, imo-ishoralar qiluvchi jonzot haqida birdaniga bir necha g‘arb OAV, jumladan, UPI va USA Today maqola tayyorlashdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko‘nglini ko‘targan internetning yangi qahramoni Paradise yovvoyi tabiat parkida yashaydi.