Xitoylik biznesmen Chen Tszinjun zavodga boshqaruvchi hamda 38 yoshli o‘g‘liga turmush o‘rtoq bo‘luvchi ayol qidirmoqda. Bu haqida South China Morning Post xabar berdi.
Tadbirkor o‘g‘lining kelajagi haqida haqotirga tushmoqda. Chen Diyan qariyb o‘n yil avval ajrashgan, uning ilk turmushidan qizi bor. Mana bir necha yillardan beri o‘g‘il otasiga biznes ishlarida ko‘maklashib kelmoqda.
Bo‘sh ish o‘rnida zavodga 38 yoshdan oshmagan “ayol-ho‘jayin” kerakligi ko‘rsatilgan. U ajrashgan yoki farzandli bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, uning bilim va ko‘nikmalarga ega potensial hodima buo‘lishi talab etilmoqda.
Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li – layoqatli menejyer, biroq bilim yetishmasligi bilan cheklanib qolgan. Chen Diyanda kompyuter va muloqot ko‘nikmalari yetishmaydi. U hech narsada o‘z tashabbusini ko‘rsata olmaydi.
Tadbikor o‘g‘li va uning biznesi haqida qayg‘ura oladigan ayolni topish istagidaligini bildirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu bo‘y ish o‘rniga allaqachon qo‘plab nomzodlar murojaat etishgan. Chen Diyanning aytishicha, uning otasi farzandini o‘ylab shunday qarorga kelgan, lekin oila – juda nozik masala bo‘lib, bo‘lajak rafiqasi avvalo unga yokishi kerakligini qayd etgan.