Ma'lumki, tashkilot va korxonalarda favqulodda vaziyatlar chog‘ida tungi navbatchilik tashkil etiladi hamda ma'lum kelishuv asosida xodimlar unga jalb qilinadi. Qonunchilikda buning ma'lum tartibi belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorda haq to‘lanadi.
Mazkur kodeksning 228-moddasiga asosan homilador ayollarni va 14 yoshga to‘lmagan yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, xomilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog‘ligi uchun xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi, deydi Mehnat vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov “Darakchi” nashriga bergan intervyusida.