Sony kompaniyasi marhum Maykl Jyeksonga tegishli bo‘lgan o‘z aksiyalarini sotib oldi

Jahon 07:07 / 15.03.2016 1667

Yaponiyaning Sony kompaniyasi vakillari marhum qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning yaqinlaridan qo‘shiqchining kompaniya bilan birgalikdagi musiqa biznesidagi ulushini 750 mln dollarga sotib oldilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.

Bitimga ko‘ra 733 mln dollarlik birinchi transh Jyekson oilasining hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Bitim yakunlangandan keyin kompaniya Sony/ATV Music Publishing kompaniyasidagi qo‘shiqchiga tegishli bo‘lgan 50 foiz ulushga egalik qiladi. 

Kompaniya Jyeksonning oilasi bilan uning o‘limidan keyin qo‘shiqchining yangi 10 ta albomini chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Kompaniya mo‘ljalicha, yangi albomlar qo‘shiqchining ba'zi eski albomlari va avval hech qachon chop etilmagan qo‘shiqlarini o‘z ichiga olishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: