Rossiya Suriyadan asosiy kuchlarini olib chiqadigan bo‘ldi

Jahon 06:40 / 15.03.2016 1167

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 martdan Suriyadan Rossiyaning asosiy kuchlarini olib chiqishni boshlashga buyruq berdi.

“Mudofaa vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar umuman olganda bajarildi, deb hisoblayman. Shuning uchun ertadan bizning Suriyadagi harbiy guruhimizning asosiy qismini olib chiqishni boshlashga buyruq beraman”, deb aytdi Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.

“Bizning harbiylar, askar va zobitlar professionallik, uyushqoqlik, o‘z hududidan uzoqda harbiy ishni tashkil qilish uquvini ko‘rsatishdi”, deb aytdi prezident.

Putinning aytishicha, Rossiya operatsiya davomida Suriyada kam bo‘lsa ham, biroq turli kuch va vositalarning samarali harbiy guruhini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Putin qo‘shinlarning olib chiqilishi Suriya siyosiy kuchlarining muzokara jarayoni uchun yaxshi rag‘bat bo‘lishiga umid qilmoqda.

Putinning aytishicha, Rossiyaning Tartusdagi punkti va Xmeymim bazasidagi ishi avvalgidek tartibda ishini davom ettiradi. Putin qolgan harbiylarning bir qismi o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishni nazorat qilish bilan shug‘ullanishini ta'kidladi.

O‘z navbatida, Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdan qo‘shinlarning olib chiqilishi qarorini muhokama qilganlari va ma'qullaganlarini aytgan.

Asad Rossiyaga terrorchilikka qarshi kurash va Suriya xalqiga ko‘rsatayotgan gumanitar ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya mudofaa vazirining aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Suriyada rossiyalik 2 mingdan ko‘proq jangari, jumladan 17 nafar dala qo‘mondonini yo‘q qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: