Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada jangarilarga qarshi amaliyotlar o‘tkazilishi davom etishini ma'lum qildi

Jahon 19:15 / 15.03.2016 975

Rossiya aviatsiyasi Suriyada terrorchilarga zarba berishda davom etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari, stats-sekretar Nikolay Pankov 15 mart kuni Xmeymimda o‘tkazilgan tantanali marosim vaqtida ma'lum qildi.

"Muayyan yutuqlarga erishildi. Olib borilgan amaliyotlar natijasida Suriyada ko‘p yildan buyon davom etgan zo‘ravonlik va qarama-qarshiliklarga chek qo‘yishning real imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda hozircha terrorizm ustidan g‘alaba qilingani haqida gapirishning mavridi emas. Rossiya aviaguruhiga terrorchilarning obektlariga zarbalar berishni davom ettirish vazifasi topshirilgan", — dedi Pankov.

Vazir o‘rinbosari Suriyada 27 fevraldan e'tiboran kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi tinchlik sulhi IShID, "Jabhat an-Nusra" hamda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik deb topilgan boshqa guruhlar uchun amal qilmasligini eslatib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarini 15 martdan boshlab Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq berdi. 

Xmeymimdagi bazadan Rossiya HKK samolyotlarining ilk guruhi olib ketildi

Ko‘proq yangiliklar: