Ronaldu «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinda shaxsiy antirekordini qayd etdi

Sport 14:18 / 15.03.2016 1771

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 29-turida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) o‘z shaxsiy rekordini yangiladi.

U 90 daqiqa davomida maydonda bo‘lgan va atigi 28 marta to‘pni qabul qilgan.

Portugaliyalik futbolchi uchun bu Primerada eng salbiy natija bo‘ldi. Uning bu boradagi avvalgi antirekordi 21 fevral kuni «Malaga»ga qarshi safar uchrashuvida (1:1) qayd etilgan, o‘shanda u o‘yin davomida to‘pga 37 marta tegingandi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 6 marta bundanda yomon natija ko‘rsatgan, biroq o‘sha o‘yinlarda u 45 daqiqa yoki undanda kamroq harakat qilgan.

Joriy mavsumda Ronaldu primera doirasida 29 o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol urgan va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: