Qirg‘izistonda 16 ta kichik gidroelektr stansiya quriladi

Jahon 00:28 / 15.03.2016 1734

Qirg‘izistonda umumiy qiymati 190 mln dollarlik 16 ta kichik gidroelektr stansiya quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamentidagi ko‘pchilik koalitsiyasi yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev ma'lum qildi.

Sariyevning aytishicha, ularning umumiy quvvati 188 megavattni tashkil qiladi.

Sariyevning ta'kidlashicha, “Yuqori-Norin GES kaskadi” loyihasi bo‘yicha sarmoyachilarni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”. 2016 yilda hukumat energetik xavfsizlikni mustahkamlash uchun To‘xtagul GESi rekonstruksiyasi va Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Sariyevning aytishicha, 2017 yilda Qambar-Ota-2 gidroagregatidan qo‘shimcha 150 megavatt olish uchun tayyorgarlik ishlari joriy yilda boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: