Pellegrini: «Men kelgunimcha «Man Siti» YeChLda guruhdan chiqolmasdi, keyingi 2 yilda esa bu ishni uddaladik»

Sport 20:11 / 15.03.2016 1518

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini jamoaning YeChL nimchorak finalida Kiyevning «Dinamo» jamoasiga qarshi javob o‘yini arafasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Menimcha, «Manchester Siti»ning YeChLdagi ishtiroki bo‘yicha vaziyat yaxshilanib bormoqda. Men kelgunimcha jamoa guruhdan chiqmagan. Men bilan esa bu ish keyingi 2 yilda 2 marta amalga oshirildi. O‘ylaymanki, bu mavsumda biz yanada yaxshi natija ko‘rsatdik, ya'ni guruhda birinchi o‘rinni egalladik va hozir chorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilganmiz.

Lekin, shuni nazardan qochirmaslik kerakki, hali oldimizga qo‘yilgan vazifani hali to‘la bajarib bo‘lmaganmiz. Bizni jiddiy raqibga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda. Ular birinchi marta bu kabi uchrashuvda o‘ynashayotgani yo‘q. Hozircha maqsadimiz bu jamoa to‘sig‘idan o‘tish.

O‘yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi va biz o‘z maydonimizda «Dinamo»dan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Men maydonga asosiy tarkibni tushiraman, chunki bu o‘yinda g‘alaba qilishimiz zarur», – deydi Pellegrini.

Eslatib o‘tamiz, 2 hafta oldin Kiyevda o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda Manchester shahri vakillari 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.

Manchesterdagi o‘yin 16 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: