O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Spelling competition” (So‘zlarni xarflab aytish) musobaqasini o‘tkazdi.
Ta'lim muassasalaridagi ko‘zi ojiz yoshlarning sog‘lom tengqurlari kabi xorijiy tilni o‘rganishlariga yordam berish va intilishlarini qo‘llab-quvatlash maqsadida ilk marta tashkil etilgan tanlovda jami 4ta universitet talabalari o‘zaro g‘oliblik uchun bahslashdi.
Respublika Ko‘zi ojizlar jamiyati, Britaniya Kengashi, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnal va internet portal tahririyati, “O‘zbeknavo“ estrada birlashmasi hamda “ Yosh izlanuvchilar” guruhi guruhi hamkorligidagi bellashuv shartiga ko‘ra jami 20 nafar talaba 12ta ingliz tilidagi so‘zlarni harflab aytib berishi kerak edi.
Yakunda eng ko‘p - 7 urinishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan O‘zDJTU talabasi Panjiyev Shokir “Spelling competition” g‘olibiga aylandi. 2 va 3 o‘rinlar mos ravishda Toshkent davlat yuridik universitet talabasi Rasulov Doniyor (6ta so‘z) va Pedagogika universiteti talabasi Abdulxayirov Farxodbekka (5ta so‘z) nasib etdi.