O‘zbekistonda iste'molchilik madaniyati oshib bormoqda

Jamiyat 19:23 / 15.03.2016 2585

Bugun - 15 mart kuni Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida "Iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining iste'mol madaniyatini oshirish borasida Qo‘mita amalga oshirayotgan ishlar" mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Qo‘mitaning mutasaddi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Bir necha yillardan buyon Raqobat Qo‘mitasi tomonidan aholining iste'molchilik madaniyatini oshirish, huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida sohadagi yangilik va o‘zgarishlar xususida seminar, brifing va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Reklama faoliyatini nazorat etish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov O‘zbekistonda iste'molchilik madaniyati rivojlanayotganini bildirdi.

Buning dalolati sifatida o‘tgan yili Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalariga kelib tushgan 4 ming 700 dan ziyod murojaatlarni misol qildi. Bu murojaatlar o‘rganib chiqilib, 1 milliard 200 million so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: