Ostonadagi savdo majmualaridan biridagi kartoshka narxi xaridorlarni hayratlantirdi

Jamiyat 08:22 / 15.03.2016 2527

Qozog‘istonlik internet foydalanuvchilar Ostonadagi savdo majmualaridan biridagi kartoshka narxini faol muhokama qilmoqdalar. Aniqlanishicha, majmuada sotilayotgan kartoshka narxi 5760 tangani (joriy kurs bilan deyarli 16 dollar) tashkil qilgan.

Bu haqda Facebook’da Yerkebulan Kenjyebulatov ismli foydalanuvchi bu kartoshkaning fotosuratini chop etgandan keyin ma'lum bo‘ldi. Foydalanuvchilar bu suratga turli fikr bildirdilar.

“Agar kartoshka Qozog‘istonda ishlab chiqarilganda bir necha kilogramm sotib olgan bo‘lardim. O‘zimga Navro‘zga sovg‘a qilgan bo‘lardim”, deb aytdi Sabina Serikova ismli foydalanuvchi.

“Agar mahsulot bunday narxda sotilayotgan bo‘lsa, unda unga xaridor ham bor ekanda. Bozor qonunlari”, deb aytdi yana bir foydalanuvchi Guldon Uristemova.

“Mahsulot sotuvchilar bunday narxlarda mahsulot sotib olib, uni sotuvga qo‘yayotganlarida nimani o‘ylaydilar, hayronman”, deb aytdi yana bir foydalanuvchi.

Bu orada kartoshkani sotuvga qo‘ygan “Jyeti aspan” kompaniyasi xodimlari feysbukdagi suratga o‘z izohlarini berishdi va kartoshka nega bunchalik qimmatligini tushuntirib berishdi.

“Kartoshkaning bu turi tryufel bo‘lib, u kam hosil beruvchi hamda kuchli ta'mga ega noyob ekzotik sabzavot hisoblanadi. Bu kartoshka turi asosan salatlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bu mahsulotga ham HoReCa (restoran, mehmonxonalar, kafelar) vakillari, ham gurmanlar tomonidan talab bor. Uning narxi oziqaviy qiymati va transportirovka qilinishiga mosdir”, deb aytdi kompaniyaning xaridlar bo‘limi menejyeri Kalamkas Janbosynova.

Janbosynova “sotuvda kundalik ishlatish uchun mahalliy, a'lo sifatli va hamyonbop narxdagi – 1 kilogrammi 75 tangadan turadigan kartoshka ham borligini” aytdi.

Uning aytishicha, tryufel kartoshkasini asosan restoranlar sotib oladi. Savdo majmuasi Fransiyada yetishtirilgan bunday kartoshkadan haftasiga 16 kg gacha sotishi ma'lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: