OChL, 3-tur: "Lokomotiv" safarda Eronning "Sepahon" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi

Sport 19:30 / 15.03.2016 1705

Bugun, 15 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Eronda "Sepahon"ga qarshi bahs olib bordi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlangan bu bahsda mezbonlar to‘liq ustunlik qilishdi va yakunda 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 15 daqiqasida Marat Bikmayev hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida Sardor Mirzayev yakuniy hisobni o‘rnatdi - 0:2.

"Sepaxon" - "Lokomotiv" 0:2
Gol: Marat Bikmayev 15, Sardor Mirzayev 87.
"Sepaxon": Ahmadi, Karimi, Holatboriy, Karami, Ibrichich, Musayev, Padovani, G‘odifor, Perreyra, Fozili, Roshandel.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sherzod Fayziyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev, Oleg Zoteyev, Kaxi Maxaradze (Server Jyeparov 46), Timur Kopadze, Sanjar Shoahmedov (Quvondiq Ro‘ziyev 76), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev (Sergey Proxorov 85), Temurxo‘ja Abduholiqov.

 

Ko‘proq yangiliklar: