Moskvaning Kavkaz xiyobonida 50 nafar noma'lum erkak ommaviy mushtlashuv uyushtirdi. Ulardan ikki nafarining suyaklari singan. Voqea guvohlari ularni futbol fanatlari deb o‘ylashgan.
Ommaviy mushtlashuv haqidagi xabar politsiyaga guvohlardan kelib tushgan. Aniqlanishicha, erkaklar ko‘cha tozalovchilar bo‘lib, ular tozalash uchun ularga ajratilgan hudud borasida kelisholmay qolishgan.
Politsiya mushtlashuvda ishtirok etgan 10 dan ko‘proq kishini qo‘lga olgan. Ular politsiya bo‘limiga voqea tafsilotlarini aniqlash uchun yetkazilgan.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, mushtlashuvda ikkita ko‘cha tozalovchilar brigadasi ishtirok etib, ular o‘zlariga qaysi hudud tozalash uchun ajratilganini tinch yo‘l bilan hal qilolmagach, “qo‘llariga erk” berganlar.