«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChLning nimchorak finalida «Arsenal»ga qarshi o‘tkaziladigan javob o‘yini oldidan raqiblar bosh murabbiyi Arsen Venger haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
«20 yil davomida bir jamoaning bosh murabbiyi lavozimini egallab turish bu aql bovar qilmas natijadir. Men buni uddalay olmagan bo‘lardim. Bizning zamonamizda bu deyarli iloji yo‘q ish. Venger esa o‘z natijasi bilan o‘zining naqadar yaxshi mutaxassisligini ko‘rsatgan. Bunga shubha yo‘q. U o‘tgan yillarda o‘z saviyasini namoyish etgan holda bir jamoa uchun ishtiyoq bilan ishlagan. Bunaqasi men uchun emas.
Bir jamoada uzoq vaqt ishlash masalasiga boshqacharoq qarayman. Menga qolsa 6 oydan uzoqqa mo‘ljallangan shartnoma imzolamasdim. Albatta «Barselona» bilan kelishuvim uzoq muddatli. Lekin murabbiylar uchun shu ma'qul. Jamoalarga ham bu arzonroqqa tushadi.
Agar men jamoaga murabbiy sifatida yordamim tegmayotganini bilsam, jamoada qolishimdan ma'no bo‘lmaydi. Bu sohada faqat oldinga harakatlanish kerak», – deydi Enrike.