FIFA 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Kuvayt terma jamoasining o‘yinlarini qoldirdi

Sport 00:11 / 15.03.2016 2123

FIFA Kuvayt terma jamoasining 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 2-raundida Laos va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarini Kuvayt futbol uyushmasining tashkilotdan chetlatilgani sababli qoldirdi.

2015 yil sentabrda FIFA ijroiya qo‘mitasi Kuvayt futbol uyushmasini agar mamlakatning sport borasidagi qonunchiligida o‘zgarishlar amalga oshirilsa, uning tashkilotda a'zoligi to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi. FIFA fikricha, bu o‘zgarishlar Kuvayt futbol uyushmasini mustaqillikdan mahrum qiladi. Kuvayt tomoni 15 oktabrgacha choralar ko‘rishi kerak edi, biroq buni qilmagan, shundan keyin FIFA Kuvaytning a'zoligini to‘xtatgan.

G saralash guruhida ishtirok etuvchi Kuvaytning Laosga qarshi uchrashuvi 24 martga, Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvi 29 martga belgilangandi.

FIFAning xabarida ta'kidlanishicha, o‘yinlarni “ishlarning ayni vaqtdagi holatida” o‘tkazib bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: