Eyfel minorasining tvitterdagi akkaunti Zlatan Ibrahimovichga javob qaytardi

Sport 08:42 / 15.03.2016 1722

"PSJ"ni mavsum yakunida tark etishini "Parijdagi Eyfel minorasi o‘rniga o‘z haykali o‘rnatilishi evazigagina jamoada qolishi mumkinligi" haqidagi antiqa so‘zlar bilan ifodalagan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich tez orada bu gapi uchun javob oldi.

Unga Parij poytaxti ramzi bo‘lmish minoraning tvitterdagi akkaunti orqali javob qaytarilgan.

"Menga sening yumor tuyg‘ung yoqadi. Parijni bu yerdan turib kuzatish juda zo‘r. Ammo... minora - bu men!", deyiladi Eyfel minorasining rasmiy akkaunti javobida.

Zlatan Ibrahimovich: «Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalimni o‘rnatishsagina «PSJ»da qolishga rozi bo‘laman»

Ko‘proq yangiliklar: