Amerikaning Stratfor xususiy razvedka-analitik kompaniyasi mutaxassislarining ma'lum qilishicha, Rossiyaning Suriyadagi urinishlarini Suriyaga doir tinchlik muzokaralarida kelishuvga erishilsagina muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin.
15 mart kuni Suriyadan Rossiya harbiy kuchlarining olib chiqib ketilishi ayni shu kunda boshlanajak Jyeneva tinchlik muzokaralarida ham kelishuvga erishilishiga turtki bo‘lishi mumkin, deb fikr bildirishdi ekspertlar.
Bundan tashqari, mutaxassislarning e'tiroficha, Rossiya Suriyada o‘z harbiy qudratini namoyish etdi va IShID terroristik guruhini zaiflashtirish maqsadiga erisha oldi.