Britaniyaning The Guardian nashri tomonidan tuzilgan va 15 mart kuni omma e'tiboriga havola etilgan dunyoning eng nufuzli milleniallari (20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar) ro‘yxatining eng birinchi pog‘onasini Koreya xalq demokratik respublikasi rahbari 33 yoshli Kim Chen In egalladi.
Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarga esa Facebook ixtirochisi 31 yoshli Mark Tsukerberg va 22 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber loyiq ko‘rilgan.
Reytingda, shuningdek, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri 30 yoshli Muhammad ibn Salmon, 34 yoshli qo‘shiqchi Beyons, 35 yoshli amerikalik teleyulduz Kim Kardashyan, 29 yoshli qo‘shiqchi Ledi Gaga ham qayd etilgan.