Boshqirdistonning Sterlitamak shahridagi bir qavatli xususiy turar-joy binosida chiqqan yong‘in tufayli 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV xabar bergan.
Turar-joy binosi ushbu shaharda istiqomat qiluvchi 31 yoshli erkak hamda 53 yoshli ayolga taalluqli bo‘lgan.
Voqea joyida Respublika IIV ekspert-kriminal markazning kriminal laboratoriyasi ish olib bormoqda.
Politsiya halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashtirmoqda.