AQSh Kuba bilan pochta va aviaaloqani tikladi

Jahon 20:16 / 15.03.2016 1000

“Kuba pochtasi” ishlab chiqarish guruhi Kuba va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqasining tiklanishi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

16 martda bortida korrespondensiya va jo‘natmalar bo‘lgan birinchi reys amalga oshiriladi. Ikki davlat o‘rtasida pochta aloqasi 50 yil bo‘lmagan.

Bundan tashqari, AQSh Kubaga parvozlar amalga oshirishga ruxsat bergan.

“Bu o‘zgarishlar AQSh fuqarolarining Kubaga sayohat qilishi imkoniyatini ancha oshiradi”, deyilmoqda xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: