Zimbabvedagi Mana-Puls milliy bog‘i xizmatchilari ikki italiyalik — ota va o‘g‘ilni brakonerlar deb o‘ylab, o‘ldirib qo‘yishdi. Bu haqda Il Mattino di Padova xabar bermoqda.
Italiya TIVda ikki italiyalikning nobud bo‘lgani haqidagi xabarni tasdiqlashdi. Ayni damda voqeaning asl mohiyati hali to‘liq ravishda ochilmagan.
Italiyaning Paduya shahrida yashovchi Klaudio Kyarelli va uning o‘g‘li Massimiliano Zimbabveda uzoq vaqtdan beri yashab kelishgan. Nashrning ma'lum qilishicha, ular professional gidlar bo‘lishgan. Shuningdek, brakonerlarga qarshi kurashga yordam berishgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, aynan ana shunday operatsiyalardan birida, ota-o‘g‘ilni brakonerlarga o‘xshatishgan va otib qo‘yishgan.