«Uotford» jamoasi darvozaboni Eurelio Gomes Angliya Kubogining chorak finalida «Arsenal» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin raqiblarning o‘yiniga tanqidiy baho berib o‘tdi.
«Hozirda «Arsenal»ga qarshi o‘ynash yoqimli, chunki bu raqibga qarshi o‘yin oldidan o‘zingga to‘la ishongan holda maydonga tushasan. Bu jamoa grandlar qarshisida o‘rtamiyonaga aylanib qolmoqda.
«Kanonirlar» yaqin kelajakda chempion bo‘ladiganga o‘xshamaydi. Bizning futbolchilar o‘tgan o‘yinda to‘pni egallagach, bir-birlariga to‘pni uzatgan holda ularning hududiga osonlik bilan kirib boraverishdi, chunki raqibning himoyasida muammolar bor, ular hujumchilarimiz erkin harakatlanishi uchun juda keng bo‘shliqlar qoldirishdi. Ularning himoyasi juda rasvo», –deydi Gomes.