Joriy yilning 16—17 mart kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom respublikasida bo‘ladi.
TDH axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, bu haqda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasidagi navbatdagi yig‘ilish paytida, mamlakat tashqi ishlar vaziri R.Meredov aytib o‘tgan.
Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan yuqori darajadagi uchrashuvda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarning turli sohalardagi rivoji borasida muzokalar bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan. Jumladan, Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Eron gaz quvurini bunyod etish kabi keng ko‘lamli loyihaning istiqboldagi rejalari ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuv yakunida do‘stlik va hamkorlik asosida qurilgan ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan, ikki davlat xalqini ma'naviy va madaniy jihatdan yanada yaqinlashtiruvchi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.