Turkiyada Anqara teraktiga aloqadorlikda gumon qilinib, 18 kishi qo‘lga olindi

Jahon 20:09 / 14.03.2016 941

Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari Anqara teraktiga aloqadorlikda gumon qilib, 18 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda "Yeni Shafaq" gazetasida xabar berilgan.

Manbaning yozishicha, mamlakat janubi-sharqidagi Shonliurf viloyatida 4 kishi qo‘lga olingan. Aynan shu hududda terakt vaqtida portlatilgan avtomobil o‘g‘irlangandi.

Bundan oldinroq, Dogan agentligi Eshkishehir viloyati gubernatori Gungor Azim Tunaga asoslangan holda maxsus tadbirlar natijasida Kurdiston ishchilar partiyasining a'zolari bo‘lgan 14 kishi qo‘lga olingani haqida ma'lumot bergandi. Ulardan 2 nafari Istanbulda, 12 nafari Eskishehirda hibs qilingan.

Turkiya hukumati bugun Anqaradagi terakt Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan sodir etilgani haqida ma'lum qildi.

Anqara terakti ijrochilaridan biri KIP a'zosi bo‘lgani aniqlandi

OAV: Anqara terakti ijrochilaridan birining oila a'zolari hibsga olindi

Ko‘proq yangiliklar: