Olimlar aniqlashicha, agar kishi tushlik qilishdan avval yemoqchi bo‘lgan taomini suratga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, so‘ngra tanovul qilsa, ko‘proq rohatlanar ekan. Mazkur tadqiqot natijalari Journal of Consumer Marketing nashrida chop etildi.
Tajriba vaqtida qariyb 100 nafar ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Ular taom yoki yegulik iste'mol qilishdan avval uni suratga olishdi va ijtimoiy tarmoqqa joylashdi. 90 foiz ishtirokchi aynan shu usulda iste'mol qilingan taomlar odatdagiga nisbatan mazaliroq bo‘lganini qayd etdi.
Amerikaliklar bu holatni quyidagicha izohlashdi: suratga olish jarayonida inson o‘z yeguligini turli nuqtadan e'tibor bilan kuzatish imkoniga ega bo‘ladi va taomning tashqi ko‘rinishiga ham baho beradi. Shunday qilib, har qanday suratga olingan va instagram kabi tarmoqlarga joylashtirilgan taomlar anchayin mazaliroq tuyuladi.