O‘zbekistonlik taekvondochilar Gollandiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

Sport 22:02 / 14.03.2016 1141

Gollandiyaning Eyndxoven shahridagi “Indoor Sportcentrum Eindhoven” majmuasida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi G1 turkumiga kiruvchi mavsumning navbatdagi yirik turniri – 43-Lotto Dutch Open-2016 musobaqasi yakunlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning eng yetakchi hisoblangan 1100 nafardan ortiq taekvondo ustalari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi taekvondochilari ham katta tarkib bilan ishtirok etdi.

-87 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Jasur Boyqo‘ziyev musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

+68 kg vaznda dayanga chiqqan Svetlana Osipova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eng og‘ir +87 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin finalgacha mag‘lubiyatsiz yetib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Bu haqda olamsport.com xabar qilgan.

-74 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Nikita Rafalovich esa xalqaro turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Eyndxoven dayanlarida O‘zbekiston sport sharafini qizlardan Svetlana Osipova (+68), Nigina Rajabova (-46), Go‘zal Norboboyeva (-53), Nazokatxon Najmiddinova (-53), Zarya Qosimova (-53), Dilfuza Xolbo‘tayeva (-62), Nigora Tursunqulova (-67) himoya qilishdi.

Erkaklar terma jamoasi tarkibidan esa Valentin Xegay (-54), Timurbek O‘rolov (-58), Shahboz Shofayziyev (-68), Nikita Rafalovich (-74), Maksim Rafalovich (-80), Jasur Boyqo‘ziyev (-87), Dmitriy Shokin (+87) joy olishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: