O‘zbekiston ikki yil mobaynida qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarishga 128 mln dollar sarflaydi

O‘zbekiston 14:40 / 14.03.2016 5206

“O‘zagroprommashxolding” xolding kompaniyasi 2016 — 2017 yillar mobaynida ushbu sektorni yanada modernezatsiya qilish maqsadida 127,8 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltiradi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq rivojlantirish ishlari to‘rt yo‘nalishda olib boriladi. Xolding, avvalo, “Toshkent traktor zavodi”ni modernezatsiya qilish maqsadida 98,5 million dollar yo‘naltiradi. Birinchi bosqich 2016 yilning so‘ngiga qadar davom etib, zavod bazasida 5 ming dona traktor, ming dona paxta terish mashinasi va 2 ming dona pritsep chiqarish nazarda tutilgan. Ikkinchi bosqichda esa (2017 yilning so‘ngiga qadar) zarur ehtiyot qismlarini 6 ming majmuada ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Xolding, shuningdek, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnika zavodi” AJga 13,6 million dollar, loyihalashtirish byurosiga esa 15,8 million dollar mablag‘ yo‘naltiradi.

Ko‘proq yangiliklar: