OAV: Anqaradagi teraktda foydalanilgan mashina 10 yanvar kuni o‘g‘irlangani oshkor bo‘ldi

Jamiyat 11:55 / 14.03.2016 882

13 mart kuni Anqarada sodir etilgan teraktda foydalanilgan mashina 10 yanvar kuni o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Haberturk telekanali ma'lum qilgan.

U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, BMW rusumli mashina Shonliurfa provinsiyasida yashovchi ayolga taalluqli bo‘lgan. Aynan shu kuni uni Diyorbakirdan o‘g‘irlab ketishgan.

Ma'lumot uchun, 13 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada sodir bo‘lgan portlash oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi jarohatlandi.

Ko‘proq yangiliklar: