Moskvada mart oyida sovuq havo saqlanib qolishi bashorat qilindi

Jahon 15:43 / 14.03.2016 1048

Rossiya poytaxti Moskva shahrida iqlim barqaror bo‘ladi, lekin oy oxirigacha issiq kunlar kuzatilmaydi. Bu haqda "Fobos" meteorologiya markazi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovets «Russkoy slujby novostey» telekanali efiri orqali ma'lum qilgan.

U aholini issiqroq kiyinishga chaqirgan va oldinda shimol shamollari kutib turganidan ogohlantirgan.

"Biz Rossiyada yashaymiz. Bu dunyodagi eng sovuq o‘lka. Mart oyi biz uchun bahor oyi emas. Harorat pasayadi", degan u.

Qayd etilishicha, oyning qolgan kunlarda Rossiya poytaxtidagi sovuq harorat darajasi faqat Ulan-Bator (Mo‘g‘iliston) va Ostona (Qozog‘iston) shaharlaridagidan ortda qoladi. 27 mart kuni esa shaharda iliq kunlar boshlanishi aytilgan.

Yevgeniy Tishkovetsning aytishicha, hozirda Moskvada "Arktikadan kelgan sovuq massa" to‘plangan. Joriy haftaning ikkinchi yarmida qor bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

Hafta oxirida Moskvada kuchli shamol va bo‘ronlar yuz berib, kechalar muzlash kuzatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: