Marokashda 2 mln kishi BMT bosh kotibining bayonotiga qarshi namoyish o‘tkazdi

Jahon 12:29 / 14.03.2016 2163

2 million nafardan ortiq marokashliklar mamlakat poytaxti Rabot shahrida BMT bosh kotibi Pan Gi Munning G‘arbiy Sahroi Kabirning hududiy maqomi haqidagi bayonotiga qarshi namoyish o‘tkazdi. Bu haqda MAR axborot agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada Pan Gi Mun Jazoirning Tinduf shahriga kelganida G‘arbiy Sahroi Kabir okkupatsiya qilingani haqida gapirgan.

Manbaning yozishicha, Rabotdagi yirik marsh Marokashdagi siyosiy guruhlar, kasaba-uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan. Marsh vaqtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bergani haqida ma'lumot yo‘q.

G‘arbiy Sahroi Kabir Afrika qit'asining g‘arbiy chekkasida joylashgan bo‘lib, 1884 yildan Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan. 1973 yilda bu hududda G‘arbiy Sahroi Kabirni ozod qilish milliy fronti (Polisario) tashkil qilingan. 1975 yilda Marokash va Mavritaniya bosimi ostida Madrid shahrida hududning shimoliy qismini Marokashga, janubini Mavritaniyaga berish bo‘yicha bitim tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: