AQShning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti 30 yildan so‘ng oziq-ovqat tanqisligi masalasi insoniyat uchun bugunga nisbatan katta muommolar keltirib chiqaradi, degan xulosaga kelishdi.
Ayni damda dunyoda deyarli 775 millionga yaqin kishi ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikni boshdan kechirmoqda. Bu holatning avj olishi omillaridan biri bu insoniyat aholisining tobora ortib borayotganidir.
“Agar sayyoramiz aholisi shu sur'atda o‘sishda davom etaversa, 2050 yilga kelib, insonlar oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishadi”,- deyiladi xabarda.
Bugungi kunda yashayotgan aholi tomonidan oziq-ovqat tugatilishining boshqa bir omillardan biri bu, ulardan irratsional foydalanish hisoblanadi.
“Zamonaviy jamiyat vakillari 31 foiz mahsulot ingrediyentlarini tashlab yuboradi. Iste'molga yaroqli ovqatlarning har kungi yo‘qotilishi 1.3 milliard tonnani tashkil etadi. Shu miqdorning to‘rtdan bir qismi butun dunyodagi och qoluvchi insonlarni to‘ydirish uchun yetar edi”,- deb ta'kidladi tashkilot xodimi.
Berilgan ma'lumotlarda eng ko‘p ovqat isrof qiluvchilar rivojlangan mamlakatlarda ekani qayd etilgan. Misol uchun, Yevropada yashovchi har bir aholi o‘rtacha yiliga 300 kg ovqatni isrof qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, isrof bo‘layotgan oziq-ovqatning ko‘p qismi supermarketlarning o‘zidayoq sotilmasdan tashlab yuborilmoqda.