Kot-dIvuar prezidenti plyajdagi hujum natijasida 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Jahon 09:17 / 14.03.2016 1671

Kot-d'Ivuardagi kurortlardan biriga hujum qilinishi oqibatida 16 kishi, jumladan 2 nafar harbiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu ma'lumotni mamlakat prezidenti Alassan Uattara tasdiqladi.

"Gran-Basam shahridagi plyajga 6 qurollangan kishi kelgan... Afsuski, 14 nafar fuqaro va maxsus xizmatlarning 2 nafar xodimi halok bo‘ldi", deb aytdi mamlakat yetakchisi.

Ma'lum qilinishicha, prezident voqea joyiga tashrif buyurgan.

Otishmani sodir etgan qurollangan kimsalar (6 kishi) yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: