Iroqda IShIDning kimyoviy qurolidan zarar ko‘rgan 800 kishi tekshiruvdan o‘tkaziladi

Jahon 19:45 / 14.03.2016 1036

Iroqda 11 martda IShID kimyoviy qurol ishlatgandan keyin shifoxonaga yotqazilgan kishilar soni 800 kishiga yetdi. Bu haqda IShID jangarilari tomonidan iprit (xantal gazi) bilan to‘ldirilgan artilleriya snaryadlari bilan o‘qqa tutilgan Iroq Kurdistonidagi Taza shahri meri Husayn Odil Abbos ma'lum qildi.

“Daxuk va Kirkuk shaharlari shifoxonalariga yotqazilgan va tekshiruvdan o‘tkazilayotgan kishilar soni 800 kishiga yetdi”, deb aytdi Abbos.

Taza shahri Kirkukdan janub tomondagi hududda joylashgan bo‘lib, u kurd qurollangan tuzilmalari tomonidan IShIDdan tortib olingandi, biroq terrorchilar bir necha aholi punktlari, misol uchun, Taza yaqinidagi Bashir shahri ustidan nazoratni saqlab qolgan. Terrorchilar aynan shu shahardan 11 martda otishma olib borgan. Avvalroq shu yerda xlor ham qo‘llangan.

“Tekshirilganlar orasida 61 nafar davolashga muhtoj bemor aniqlangan, ahvoli xavotir uyg‘otayotgan 7 kishi Bag‘dodga jo‘natilgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Abbos.

11 martda 3 yoshli qizcha Taza shahri o‘qqa tutilgandan keyin iprit ta'sirida kelib chiqqan asoratlardan halok bo‘lgan.

Fevralda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan IShID Iroq va Suriyada bir necha bor kimyoviy qurol qo‘llagani va kam miqdorda iprit tayyorlay olishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: